Braziliya avvalroq 1 avgustdan Braziliya tovarlariga 50 foizlik boj joriy etilishini e’lon qilgan AQSh rahbariyatining harakatlariga javob qaytaradi.
Bu haqda Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Tariflarning har qanday bir tomonlama oshirilishiga "Iqtisodiyotda o‘zaro chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq javob qaytariladi", — deb yozadi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zaro savdodagi kamomad tufayli mamlakat rasmiylari Braziliya tovarlariga 50 foizlik bojlar joriy qilayotganini ma’lum qilgandi. Lula da Silvaning qayd etishicha, Oq uy rahbari taqdim etgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. "Amerika ma’muriyatining o‘zi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida AQShning Braziliya bilan savdosi taxminan 410 milliard dollarga teng", - dedi u.
"Suverenitet, hurmat va Braziliya xalqi manfaatlarini murosasiz himoya qilish bizni dunyo bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda yo‘naltiruvchi qadriyatlarning asosini tashkil etadi", - deya o‘z so‘zini yakunladi Braziliya rahbari.