Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning iltimosiga qaramay, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Xirosimada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti doirasida uchrashishdan bosh tortdi.
Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi yakshanba kuni xabar berdi.
Zelenskiyning o‘zi Braziliya prezidenti bilan uchrashuv bo‘lmaganidan xafa bo‘ladimi, degan savolga "Menimcha, Lula da Silva xafa bo‘lishi kerak" - dedi Ukraina prezidenti.
Shu bilan birga, nashr suhbatlashgan Braziliya rasmiylari Lula da Silva Zelenskiyning uchrashuv taklifini rad etmaganini, tomonlar “shunchaki jadvallar bo‘yicha kelishib olishmaganini” aytdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Braziliya prezidenti yakshanba kuni Ukraina taklif qilgan vaqtda Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor bo‘lgan, biroq yetakchilar o‘rtasidagi muloqot amalga oshmagan.
Yaponiyaning assosiasiyaga raisligi doirasida 19-21 may kunlari Xirosima shahrida G7 sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu yil sammitda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiyadan tashqari taklif etilgan davlatlar – Avstraliya, Braziliya, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk orollari, Komor orollari, Janubiy Koreya ishtirok etdi. Bundan tashqari, Zelenskiy sammitda nutq so‘zladi.