Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Braziliya prezidenti va Anchelotti Neymarning JCH-2026dagi ishtirokini muhokama qilishdi

Braziliya prezidenti va Anchelotti Neymarning JCH-2026dagi ishtirokini muhokama qilishdi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yulduz hujumchi Neymarni 2026 yilgi jahon chempionatiga chaqirish imkoniyatini muhokama qilishdi.

«Muloqot davomida Anchelotti Neymarni Braziliya terma jamoasiga taklif qilish kerakmi-yo‘qmi, deb so‘radi. Men esa: «Agar u hozir jamoa uchun o‘ynashga to‘liq tayyor bo‘lsa, uni chaqirish mumkin», — deb javob berdim», — deya prezidentning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda 34 yoshli hujumchi Braziliyaning «Santos» klubi a’zosi hisoblanadi.

JCH-2026 Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Braziliya guruh bosqichida Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 14:27 15.04.2026. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!