Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Braziliya prezidenti Trampni “o‘zini butun dunyoning imperatori” deb hisoblamaslikka chaqirdi

Braziliya prezidenti Trampni “o‘zini butun dunyoning imperatori” deb hisoblamaslikka chaqirdi

"Biz shuni unutmasligimiz kerakki, prezident Tramp o‘z mamlakati xalqi tomonidan Qo‘shma Shtatlarni boshqarish uchun saylangan, butun dunyoga imperatorlik qilish uchun emas", — deya ta’kidladi Luis Inasiu Lula da Silva CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Lula da Silva AQSh prezidentiga nisbatan keskin tanqidlar bildira boshladi. Bunga Tramp tomonidan Braziliya mahsulotlari importiga 50 foizlik bojlar joriy etilishi tahdidi sabab bo‘ldi. Braziliya prezidenti, shuningdek, amerikalik tadbirkorlarga berilgan ruxsatnomalarni to‘xtatib qo‘yishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

Kiritildi: 18:55 18.07.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!