Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva AQSh prezidenti Donald Trampdan Kubaga qarshi iqtisodiy embargoni bekor qilishni so‘radi.
The Washington Post nashriga bergan intervyusida u Kuba hukumati muloqotga tayyor ekanini va mamlakatga «imkoniyat berish kerakligi»ni ta’kidladi.
«Agar AQSh bosimsiz muzokara stoliga qaytsa, Kuba bu jarayonda ishtirok etishiga ishonaman», — dedi Lula da Silva.
Uning aytishicha, Donald Tramp unga Vashington Kubaga bostirib kirish niyatida emasligini bildirgan.