Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Braziliya prezidenti: «Ronaldu Vinisiusni xafa qilmasin»

Braziliya prezidenti: «Ronaldu Vinisiusni xafa qilmasin»

Braziliya prezidenti Luis Inasio Lula da Silva Portugaliya bosh vaziri Luish Montenegru bilan uchrashuvda bo‘lajak Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

«Bu yil juda muhim, chunki bu — Jahon chempionati yili. Bu menga 1966 yilgi Jahon chempionatini eslatdi. O‘shanda Portugaliyada Eysebio ismli afsonaviy futbolchi bor edi, Braziliyada esa bir nechta afsonalar, jumladan Pele bor edi. O‘shanda Portugaliya Braziliya terma jamoasini turnirdan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgandi.

Umid qilamanki, 2026 yili AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqada Portugaliya Braziliya bilan o‘rtadagi uyg‘unlikni saqlash kursini inobatga oladi va Krishtianu Ronaldu hamda uning jamoasi Vinisius Junior boshliq Braziliya terma jamoasini mag‘lub etishga urinmaydi», — dedi Lula.

«Biz buni finalda amalga oshirishimiz mumkin», — deya javob qaytardi Montenegru.

«Bu Braziliya bilan qaytarib bo‘lmas ziddiyatni keltirib chiqarishi mumkin», — deya hazil qildi Janubiy Amerika davlati rahbari.

Kiritildi: Bugun 15:13. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!