Sodir bo‘lgan portlashlardan so‘ng Oliy sud va yaqin atrofdagi boshqa binolardan odamlar evakuasiya qilindi. Portlashlar natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Birinchi portlash poytaxt Brazilia markazida joylashgan sud binosiga tutash avtoturargohdagi avtomobil yukxonasida sodir bo‘lgan. Taxminan 20 soniyadan keyin ikkinchi portlash ovozi eshitilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, portlash oqibatida halok bo‘lgan odam Oliy sud binosiga kirishga uringan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval u avtoturargohda birinchi portlashni, keyin esa Oliy sud binosi oldida ikkinchi portlashni amalga oshirgan. Hozirda Braziliya huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Oliy sud binosi Braziliya prezidentining qarorgohi hisoblanuvchi Alvorada saroyi yaqinida joylashgan.