Ma’lum bo‘lishicha, u yerda daryolar sathi rekord darajada pasaydi va o‘rmon yong‘inlari mintaqada ko‘plab baliqlarning nobud bo‘lishiga olib kelmoqda.
Manausdan 84 kilometr uzoqlikda joylashgan Piranya ko‘li Barqaror rivojlanish ekologik qo‘riqxonasi lagunlarida minglab o‘lik baliqlar suzib yurgan holda topildi.
Amazon Fuqarolik Mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada bulut paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi El Niño tufayli bu yil yanada shiddatli va uzoq davom etishi kutilayotgan qurg‘oqchilikdan 80 mingga yaqin odam zarar ko‘rmoqda.
Dunyodagi eng yirik chuchuk suv zahiralaridan birida yashashiga qaramay, Manakapuru aholisi chanqog‘ini qondirish uchun fuqarolik mudofaasi tomonidan tankerlarda yetkazib beriladigan ichimlik suvidan ichishmoqda.