Boysun tumanida chiqqan yong‘inni 13 soat davomida o‘chirib bo‘lmadi.
17 iyun kuni Boysun tumanida 3 gektar maydonda chiqqan yong‘in qariyb 14 soat davom etdi. Quruq o‘tlar yonib, olov tezda keng maydonga tarqalib ketgan. Yong‘inni o‘chirish uchun vertolyot va dronlardan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Yong‘in o‘chog‘i 18 iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etildi. Bunda 85 nafar FVB xodimi, 4 ta texnika, O‘rmon xo‘jaligi xodimlari, IIB va Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.