Kecha, 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi Botanika bog‘i da tantanali bayram marosimi o‘tkazildi. Kun davomida bog‘ hududidan o‘rin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda o‘sha davrni o‘zida ifodalagan ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bog‘ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11 12 may) soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish ta’minalanadi. Shu kunlarda bog‘ hududidan o‘rin olgan barcha ekspozisiyalar to‘lig‘ligicha faoliyat ko‘rsatadi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Hozirda bog‘da o‘zbekistonliklar uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid T-34 , IS-2 tanklari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bag‘ishlangan ekspozisiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalari va boshqa shu turdagi ko‘plab installyasiyalar o‘rin olgan.