Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 383 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt Lahiya va Jabaliya lageriga hujum qildi. Oxirgi 24 soat ichida 70 kishi halok bo‘ldi, ulardan 60 nafari G‘azo shimolida.
▪️Shimoliy G‘azo qamalining 19-kuni. Bayt-Laxiyani tark etishga muvaffaq bo‘lgan guvohlar yo‘llar bo‘ylab yotgan tinch aholining ko‘p sonli jasadlari yotgani va erkaklar ommaviy hibsga olingani haqida xabar berishdi.
▪️Bosqinchilar “Al-Auda” kasalxonasini to‘liq to‘sib, barcha tirik mavjudotni o‘qqa tutdi.
▪️G‘arbiy sohilda ishg‘olchilar Al-Xalil, Baytlahm, Qalqilya, Quddus, Yerixo, Nablusga hujum qildi. 11 yoshli bola o‘ldirilgan, o‘nlab odamlar hibsga olingan.
▪️Livan janubida “Hizbulloh” bilan so‘nggi 24 soat ichida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya sharqida “Merkava” tankini yo‘q qildik.
▪️Hizbulloh Al-Manar, Misgav Am va Kiryat Shmona shaharlarida bosqinchi askarlarga hujumlar uyushtirdi. Kun davomida 39 ta harbiy amaliyot o‘tkazildi.
▪️Husiylar Yafadagi harbiy bazaga hujum qildi. Zarba «Palastin-2» gipertovushli raketasi yordamida amalga oshirilgan.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm er-Rashrashda (Eilat) muhim nishonga uchuvchisiz havo vositalari bilan hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Burj al-Barajna falastinlik qochqinlar lageriga hujum qildi. Livandagi halok bo‘lganlar soni 2350 nafarga yetdi.
▪️BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozonga keldi.