Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Boshpanasiz hayvonlarni muhofaza qilish masalasi yuzasidan hokimga senator so‘rovi yuborildi

Boshpanasiz hayvonlarni muhofaza qilish masalasi yuzasidan hokimga senator so‘rovi yuborildi

O‘tkazilgan tahlillar poytaxtda qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlash uchun mavjud infratuzilma yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, parvarishxonalar soni va sig‘imi mavjud ehtiyojni to‘liq qoplamaydi. Ayrim hollarda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan qarovsiz jonivorlarni ovlash, saqlash hamda o‘lgan hayvonlarni yo‘q qilish jarayonlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, ayrim fuqarolar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishi holatlari qayd etilayotgani jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holatlarni inobatga olib, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev Toshkent shahar hokimi nomiga senator so‘rovi yubordi.

Unda Toshkent shahrida qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlashga mo‘ljallangan pitomniklar tashkil etish bilan bog‘liq muammolar, mavjud parvarishxonalarning soni va sig‘imi, ushbu sohaga ajratilayotgan mablag‘lar, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va faollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Kiritildi: 20:50 24.02.2026. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!