Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh vazir: "Kelajakda ish kuni haftada 4 kun bo‘lishi mumkin"

Bosh vazir: "Kelajakda ish kuni haftada 4 kun bo‘lishi mumkin"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Xalqaro mehnat konferensiyasida nutq so‘zladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ish haftasi to‘rt kun bo‘lishi mumkin.

“Texnologik jarayon nafaqat ish o‘rinlarni, balki ish vaqtini ham qisqartirilishiga olib kelmoqda. Hordiq uchun vaqt ko‘payishiga olib kelmoqda. Ehtimol, kelajakda to‘rt kunlik ish haftasi ijtimoiy-mehnat shartnomasining asosi bo‘ladi”, - dedi Medvedev.

Bosh vazir, yuz yil avval Genri Ford ish haftasini 48 soatdan 40 soatga qisqartirishga qaror qilgani va bu mehnat unumdorligining sezilarli darajada ko‘payishiga olib kelganini eslatdi.

Medvedev yana bir yangi misolni keltirdi: Yangi Zelandiyada kompaniya o‘z xodimlari uchun to‘rt kunlik ish hafta va uch kun to‘lanadigan dam olish kunlari tartibini joriy etdi. Natijada ishlab chiqarish samaradorligi bir soat vaqtga hisoblanganda 20 foizga ko‘paydi, xodimlarning stress darajasi ancha kamaydi.

Bosh vazirning o‘rinbosari Tatyana Golikova konferensiya jurnalistlarga bu masala bo‘yicha izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish mehnat qonunchiligida jiddiy o‘zgartirish kiritish talab qiladi. Shuningdek, ijtimoiy kafolat masalasini tahlil qilish kerak.

 

Kiritildi: 19:05 11.06.2019. O'qildi: 2888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!