Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bosh prokuratura Toshkent havosining ifloslanishiga e’tibor qaratdi

 Bosh prokuratura Toshkent havosining ifloslanishiga e’tibor qaratdi

Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanish darajasining ortib borayotganligi va “salbiy” reytinglarda yetakchi o‘rinlarga chiqayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlar barchada asosli tashvish va qayg‘u uyg‘otmoqda.

Tahlillarda I va II toifaga kiruvchi, atrof - muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish ishlari paysalga solinayotganligi, shu jumladan Toshkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toshkent shahrida esa 31 ta korxonadan 8 tasidagina bu ishlar amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda bevosita Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 22 oktyabr kunidan boshlab tegishli tadbirlar amalga oshirila boshlandi.

Bosh prokuratura tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari alohida nazoratga olinishi hamda ular bo‘yicha keskin va murosasiz choralar ko‘rib borilishi qat’iy ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!