Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bosh prokuratura tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Fuqaro X.T.ning vafot etganligi yuzasidan (https://t.me/uzbprokuratura/28496) Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, X.T. cho‘ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22 may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg‘ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan. Shiferning chetki qismi sinishi oqibatida X.T. bosh qismi bilan yerning beton qoplamasiga qulab tushgan.

Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan.

Chilonzor tumani prokurori boshchiligidagi guruh tomonidan shu kunning o‘zida hodisa sodir bo‘lgan bino va atrof-muhit joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilgan, tegishli guvohlar va ishga aloqador barcha xodimlarning ko‘rsatmalari olingan.

X.T.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa bo‘yicha turli asoslanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mazkur hodisa alohida nazoratga olingan bo‘lib, mish - mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda rasmiy manbalar orqali berilayotgan ma’lumotlarga tayanishlaringizni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:58 03.06.2023. O'qildi: 4743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!