18—19 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari va mudofaa vazirlari Rossiyaga Yevropa qurollari bilan zarba berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.
Bu haqda Yevroittifoq diplomatik xizmati rahbari Xosep Borrel Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishiga yetib borgach, bayonot berdi.
"Bu borada muzokaralar bo‘ladi va umid qilamanki, barcha vazirlar bu borada kelishuvga erishadilar, ammo bo‘lmasa, har bir davlat o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan narsani qiladi”, dedi u AQSh ruxsat bergan OAV xabarlarini izohlar ekan.
Borrell, shuningdek, shaxsan u har doim Yevropa qurollari bilan bunday zarbalarni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.