Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Borish mumkin bo‘lmagan 5 ta orol haqida bilasizmi?

Borish mumkin bo‘lmagan 5 ta orol haqida bilasizmi?

Bu orollar oppoq qumi yoki tiniq suvlari, xavfli cho‘qqilari va g‘aroyib qushlar to‘dasi bilan butun dunyo sayyohlarini jalb etishi mumkin. Ammo ularga borish taqiqlangan. Bunga turli sabablar bor. Maqolamizda ularning ayrimlari bilan tanishtiramiz.

1.Shimoliy Sentinel-Aylend, Hindiston: Mahalliy qabilalar dushmanligi

Bu Bengal qo‘ltig‘idagi Andaman orollaridan biri. U korall riflari bilan o‘ralgan va uzoqdan tinch joyga o‘xshaydi. Afsuski, faqat uzoqdan shunday. Orol aholisi begonalarga o‘ta yomon munosabatda va sohilga yaqinlashgan har qanday insonga hujum qilishga tayyor. 2006-yilda ular qayig‘i sohilga yaqin suzgan ikki baliqchini o‘ldirishgan. 2018-yilda amerikalik Jon Allen Chau ham kamondan otib o‘ldirilgan. Buning ustiga, qabilaning kasalliklarga immuniteti bo‘lmagani uchun, tashqaridan kelgan kasallik uni yo‘q qilishi mumkin. Shu sababli Hindiston hukumati orolga yaqin suzish va bu yerga kelishni taqiqlab qo‘ygan.

2. Plam-Aylend, Nyu-York: biologik xavf

Plam oroli Long-Aylend yaqinida joylashgan. U uncha katta emas – bor-yo‘g‘i 8 kvadrat metr maydonga ega. Bu yerda qachonlardir qoramollar vabosi kabi xavfli kasalliklar o‘rganilgan. Hayvonlar va odamlar uchun birdek xavfli bo‘lgan tirik patogenlar tufayli bu yerga kirishga faqat xizmat doirasidagi tadqiqotlar uchun ruxsat beriladi.

3. Rims, Germaniya: biologik xavf

Robert Koxning shogirdi Fridrix Leffer 1910-yilda dunyoda birinchi virus tadqiqotlari institutiga asos soldi. Uchinchi Reyx Rimsdagi institutdan biologik qurolni o‘rganish maqsadida foydalandi. 1990-yillardan so‘ng orolning g‘arbiy qismida aholi yashash punki paydo bo‘ldi, ammo viruslarni o‘rganish ishlari qayta tiklanishi bilan orol yana yopildi. Fridrix Leffer instituti olimlari hali ham xavfli epidemiyalarni o‘rganib, hayvonlar uchun vaksinalarni yaratishadi. Shuning uchun orolga borish taqiqlangan.

4. Farallon orollariAQSh: radioaktiv chiqindilar

Bu San-Fransisko yaqinidagi Kaliforniya sohilidagi kichik arxipelag. Bu orollar Kalifoniya hindulari orasida “O‘liklar orollari” deb ataladi, ammo ularning o‘zlari orolga yaqinlashmagan. U yerdagi ko‘rinmas xavf shundaki – AQSh orol yaqinidagi suvlarga atom sanoatining 47 tonna radioaktiv chiqindilarni tashlagan. Shuning uchun orollar va ularning atrofidagi suvlarga yaqinlashish taqiqlangan. Ekspertlarning fikricha, 50 000 ta konteyner va bochkalarni suv tubidan ko‘tarib, boshqa joyga tashlash o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin.

5. Gruinard oroli, Shotlandiya

Shotlandiyaning qit’aviy qismidan orolgacha qayiqda 10 daqiqada yetib kelish mumkin. Ammo bunga ruxsat yo‘q. Oroldan “Vegitarianlar” operasiyasida foydalanilgan. O‘shanda fashist Germaniyasi armiyasini sibir yarasi sporalari bilan zararlash maqsad qilingan. Sibir yarasidan o‘lim ko‘rsatkichi 60%ni tashkil etadi. Bu qoramollarning zararlanishi, qishloq xo‘jaligi inqirozi va millionlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. tadqiqotlar uchun Shotlandiyaning bo‘sh yotgan Gryuinard oroli tanlangan. Bu yerga 80ta qo‘y olib kelingan va sibir yarasi sporalari bilan to‘ldirilgan bomba samolyotdan tashlab yuborilgan. Qo‘ylarning barchasi qirilib ketgan. Biologlar ularning terisidan namuna olib, sirib yarasi yashovchanligi va tez tarqalishi tufayli butun boshli shaharlarni yo‘q qilishi mumkinligini isbotlashgan. Shundan so‘ng orol yopiq hudud deb e’lon qilinib, tajriba haqida sir saqlangan.

Sharofat Mahmudova tayyorladi

Kiritildi: 05:00 14.01.2021. O'qildi: 7055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!