Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Boris Nadejdin Rossiya Davlat dumasiga saylov kampaniyasini to‘xtatdi

Boris Nadejdin Rossiya Davlat dumasiga saylov kampaniyasini to‘xtatdi

Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Siyosatchi Davlat dumasiga o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun imzo yig‘ish kampaniyasini to‘xtatganini e’lon qildi. Yig‘ilgan imzolar saylov komissiyasiga topshirilmaydi. Nadejdin ushbu qarorini so‘nggi haftalarda unga o‘tkazilayotgan bosimlar — "xorijiy agent" deb e’lon qilinishidan tortib, ma’muriy ish ochilishigacha bo‘lgan holatlar bilan izohladi.

"Mening og‘zimni yopishmoqda, siyosatdan siqib chiqarishyapti va hayotimni sezilarli darajada qiyinlashtirishyapti. Menga qo‘lidan kelgan hamma hujum qildi. Men uchun Rossiyada qonuniy ravishda muxolif siyosat bilan shug‘ullanish imkoniyatlari tugadi.

Umid qilamanki, vaqtincha. Men meni qo‘llab-quvvatlayotgan va saylov kampaniyasida ishtirok etganlarni — oilamni, shtabimni, imzo yig‘uvchilarni va tarafdorlarimni xavf ostiga qo‘yishga tayyor emasman", – deydi Nadejdin.

Kiritildi: 16:02 20.07.2026. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!