Bugun 2 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Boris Jonson Rossiyani aybladi

Boris Jonson Rossiyani aybladi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson, parlament saylovlarida hukmron «Gruzin orzusi» partiyasi ishonchli g‘alaba qozongani ma’lum bo‘lgandan so‘ng, amalda Gruziyada «fuqarolik tartibsizliklari»ni keltirib chiqarishga da’vat etdi.

U Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «saylovga aralashganlikda» aybladi va gruzin xalqiga «ozodlik uchun kurash»da yordam berishga va’da berdi.

«Gruziyada yuzaga kelayotgan manzara aniq: kechagi saylovlar Tbilisidagi Putinning qo‘g‘irchoq hukumati tomonidan o‘g‘irlangan. Men o‘z ozodligi, huquqlari va kelajagini himoya qilayotgan Gruziya xalqini qo‘llab-quvvatlayman,» - deb yozdi Jonson X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan va fuqarolarni «parlament binosi tomon ko‘cha namoyishlariga chiqishga» chaqirgan edi.

Kiritildi: 16:48 28.10.2024. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!