Rossiya harbiylari Boltiq dengizida rejali mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar berdi Rossiya Harbiy-dengiz flotining Boltiq floti matbuot xizmati “Interfaks” agentligiga.
Mashg‘ulotlarda 20 dan ortiq harbiy kema, 25 ga yaqin samolyot va vertolyot, hamda uch mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarga Boltiq floti kuchlaridan tashqari, Shimoliy flot, Havo-kosmik kuchlari aviasiyasi, Moskva va Leningrad harbiy okruglarining kuchlari ham jalb etilgan.
Boltiq floti vakillarining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlardan maqsad vaziyatni barqaror saqlash va flot kuchlarining bazalarni himoya qilish bo‘yicha harakatlarini mashq qilishdir.