Bolgariyaning 20 ta shahrida hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha ommaviy aksiyalar bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
Norozilik namoyishlariga bir necha yil davomida qiynoqlar, zo‘ravonlik va hayvonlarni o‘ldirish holatlarini tasvirga olgan hamda videolarni 50 yevrodan 700 yevrogacha sotgan Bolgariyaning ikki fuqarosining hibsga olinishi sabab bo‘lgan.