Bolgariya Konstitusiyaviy sudi juma kuni Prezident Rumen Radevning iste’fosini tasdiqladi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi xabar berdi.
“Barcha 12 sudya Radevning iste’fosi bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qildi. Bu yakuniy va bugun kuchga kiradi”, deb xabar beradi Bolgariya milliy radiosi.
Rumen Radev seshanba kuni Konstitusiyaviy sudga iste’fosini taqdim etdi. Arizani topshirgandan so‘ng, Rumen Radevning prezident sifatidagi vakolatlari amalda to‘xtatildi va mamlakat konstitusiyasiga muvofiq, vise-prezident Iliyana Yotovaga o‘tkazildi, u 2027 yil 22 yanvargacha – Rumen Radevning vakolat muddati tugaguncha prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlaydi.