Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bolalarni masjiddan qaytarishga buyruq bergan buxorolik mudiraning asl niyati aytildi

Bolalarni masjiddan qaytarishga buyruq bergan buxorolik mudiraning asl niyati aytildi

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 14 centyabr, dushanba kuni G‘ijduvonda XTB mudirasi bolalarni masjiddan qaytarishga buyruq bergani bo‘yicha tarqalgan audiomaterial bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, tuman mudirasi tomonidan pandemiya davrida an’anaviy shakldagi faoliyatga o‘tgan va o‘tishi rejalashtirilgan maktablar o‘quvchilarining salomatligini asrash, ularning xavfsizligini ta’minlash, odamlar gavjum bo‘lgan joylarda yurishlarining oldini olish, o‘quvchi-yoshlarning masjidlarga otasi, bobosi va yoshi katta yaqin qarindoshlari bilan borishi, yolg‘iz bormasligiga chaqirish maqsadida voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlarning salomatligini o‘ylagan holda bunday ko‘rsatma berganligi aniqlangan.

«Uning bu xatti-harakatlarida O‘zbekistonda belgilangan diniy erkinlik huquqlariga to‘sqinlik qilish maqsadi yo‘q, bu faqat o‘quvchi-yoshlar xavfsizligini ta’minlash uchun qilingan ehtiyotkorlik chorasi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilardan olingan test natijalari hamda Xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida 14 sentyabr kuni 17 ta, 15 sentyabr kuni 13 ta umumta’lim maktabi o‘z faoliyatini boshlashi belgilandi. Jumladan, G‘ijduvon tumanida mavjud 67 ta umumta’lim maktabning 11 tasida ham an’anaviy shaklda ta’lim jarayonlari boshlanadi.

Kiritildi: 17:29 15.09.2020. O'qildi: 7306 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!