Prezident "Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Zo‘ravonlikning barcha shakllari, jumladan jismoniy, jinsiy, ruhiy, g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatasiya va qo‘rqitish (bulling) taqiqlangan va qonun bilan ta’qib qilinadi.
Xususan, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs tegishli vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilishi, maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olishi mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun bilan birinchi marta zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderini berish mexanizmi joriy etilmoqda. U ichki ishlar organlari tomonidan 30 kungacha muddatga beriladi va zo‘ravonlik qurboniga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.
Qonunda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplashni talab qilish huquqi aks ettirilgan. Qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.