“2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-186-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 2025–2030 yillarda O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
🔹 onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
🔹 saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.
📝 2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqilgan.
✔️ Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
✅ Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.