Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Bolaga xorijga chiqish pasportini olish tartibi qanday?

Bolaga xorijga chiqish pasportini olish tartibi qanday?

— Men 2 yoshli farzandim bilan chet elga borishim kerak. Yosh bolalarga xorijga chiqish pasportini olish tartibi, pasportni qancha muddatga berilishi, qancha to‘lov qilishim kerakligi xaqida tushuntirib bersangiz...

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi qaroriga asosan, xorijga chiqish biometrik pasportlari quyidagi muddatlarga beriladi:

✔️ 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 yilga, 1-16 yoshgacha bolalarga – 5 yilga, 16 yoshdan oshganlarga – 10 yilga muddatga beriladi.

✔️ Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirganlik uchun, to‘lovlar mikdori:

➖ 16 yoshgacha bolalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 80% miqdorida;

➖ 16 yoshdan kattalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 120% miqdorida.

Voyaga yetmagan bolalarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashitirish uchun ota-onaning yozma roziligi shart.

To‘lovlar miqdori O‘zbekiston Republikasida o‘rnatilgan bazaviy xisoblash miqdoridan kelib chikadi, xozirgi kunda bu – 223.000 so‘mni tashkil qiladi.

Savolga “Madad” NNTning Namangan viloyati Chust tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Shavkat Fozilov javob berdi.

 

Kiritildi: 09:20 11.05.2020. O'qildi: 42352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!