«Ombudsman» so‘zi shved tilidan olingan bo‘lib, «Ombuds» - huquqni himoya qiluvchi, «man» esa inson, ya’ni «inson huquqlarini himoya qiluvchi» degan ma’noni anglatadi.
Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman lavozimi birinchi bo‘lib Norvegiyada 🇳🇴1981 yilda ta’sis etilgan. Bugungi kunda bolalar huquqlari bo‘yicha Ombudsman institutlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda Bolalar ombudsmani alohida mustaqil institut sifatida 2021 yilda joriy etilgan.
Bolalar Ombudsmani bolalarga oid qarorlar qabul vakolatiga ega davlat organlari va boshqa muassasalar o‘z faoliyatini eng avvalo bola manfaatlari ustunligidan kelib chiqib olib borishi ustidan monitoring qiladi. Bunda u mustaqil ravishda bolaning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini ta’minlanishi holati yuzasidan parlament nazoratini olib boradi☑️.