Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Boku Qozog‘istonda halokatga uchragan AZAL samolyoti bilan bog‘liq hodisani ataylab uyushtirilgan hujum natijasi deb hisoblamaydi

Boku Qozog‘istonda halokatga uchragan AZAL samolyoti bilan bog‘liq hodisani ataylab uyushtirilgan hujum natijasi deb hisoblamaydi

Boku Qozog‘istonda halokatga uchragan AZAL samolyoti bilan bog‘liq hodisani ataylab uyushtirilgan hujum natijasi deb hisoblamaydi — Ozarboyjon prezident

Ilhom Aliyev bunday fikrni Fox News'ga bergan intervyusida bildirdi.

"Ozarboyjon 2024 yil dekabrida Aqtau shahrida yuz bergan AZAL samolyoti halokatini ataylab uyushtirilgan hujum deb hisoblamaydi. Biroq Rosciyadan voqeani tan olishni, aybdorlarni jazolashni va to‘liq kompensasiya to‘lashni talab qilmoqda. Moskva esa bularning barchasiga qarshilik ko‘rsatib, halokatni “fojiali hodisa” deb atadi va buning uchun noaniq tarzda uzr so‘rash bilan cheklandi", — dedi Ilhom Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasiga tegishli Embraer E190 samolyoti 2024 yil 25 dekabrda Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchragan edi. Samolyot Bokudan Grozniyga yo‘l olgan bo‘lib, Kavkaz mintaqasiga uyushtirilgan dron hujumlari vaqtida unga Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari raketasi bilan zarba berilgan. Keyinchalik samolyot Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga yo‘naltirilgan edi. Halokat natijasida 38 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 13:02 15.08.2025. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!