Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Boks. World Boxing kubogini ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan boshladik

Boks. World Boxing kubogini ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan boshladik

Braziliyada davom etayotgan World Boxing kubogi doirasida kecha 3 nafar bokschimiz musobaqadagi o‘zlarining ilk janglarini o‘tkazishdi.

-51 kgdagi vakilamiz Feruza Kazakovaga eski tanishi germaniyalik Maxi Klotzer duch keldi. Ular “Strandja” turnirida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va Feruza 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu safar ham jang qiziqarli va murosasiz kechdi. Referi Feruzani ta’qiqlangan harakatlarni ko‘p qildi, deb topdi va 2 ochko olib tashladi. Afsuski ushbu omil vakilamizni mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi.

World Boxing kubogida -48 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova ham dastlabki jangini o‘tkazdi. U marokashlik Vissal Faxirga qarshi ringga ko‘tarildi.

Butun raundlar mobaynida faol va aniq harakatlari evaziga Fozilova raqibasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Farzona keyingi bosqichga yo‘l oldi.

World Boxing kubogida -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova ham o‘z yurishini boshladi. U ilk bosqichda shvesariyalik Anna Jenniga qarshi bahs yuritdi. Kutilganidek, Navbahor 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Kiritildi: 10:16 24.04.2026. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!