Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida fuqaro N.J. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 500 dona “Tropikamid” dori vositalarini yashirincha sotayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.