Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Bojxona qo‘mitasi va Milliy gvardiyada bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi

Bojxona qo‘mitasi va Milliy gvardiyada bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Inyaminov pensiyaga chiqarildi.

Milliy gvardiya tizimida esa polkovnik Ilhom Turg‘unov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmanov va polkovnik Serik Xabibullayevlar nafaqaga kuzatilib, ular bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida xizmat qilgan xodimlardan bir guruhi nafaqaga kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot tizimida xizmat yoshi masalasini tanqid qilib, nafaqa yoshidan keyin ham rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga e’tibor qaratgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!