Eron Islom inqilobining 47 yilligi munosabati bilan Tehronda o‘tkazilgan yurish chog‘ida AQSh armiyasi qo‘mondonlari va generallari surati tushirilgan soxta tobutlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu installyasiya orqali urushga qarshi ogohlantiruvchi shiorlarni ilgari surgan. Yurish davomida antiamerikaviy kayfiyatdagi banner va plakatlar ham ko‘tarilgan.