Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real" yulduzlari o‘rtasidagi nizo chiqdi

"Real" yulduzlari o‘rtasidagi nizo chiqdi

Madridning «Real» klubi kiyinish xonasida ikki yulduz futbolchi o‘rtasida dahanaki jang bo‘lib o‘tdi. Bu voqea La Liga doirasidagi «Levante»ga qarshi yaqinda o‘tkazilgan o‘yinning tanaffusida yuz bergan.

Ta’kidlanishicha, «Real» futbolchilaridan biri boshqasiga shunday degan: «Hatto gollar urayotgan bo‘lsang ham, sen yaxshi o‘ynamayapsan».

Futbolchilarning ismlari oshkor etilmagan. Ushbu insaydni «The Touchline» nashri tez-tez «El Chiringuito» ko‘rsatuvida chiqish qiladigan jurnalist Xuanfre Sansga tayanib keltirmoqda. «Real» va «Levante» jamoalari 17 yanvarda to‘qnash kelishgan edi.

Birinchi bo‘limda gol urilmagan, tanaffusdan so‘ng «qaymoqranglilar» Kilian Mbappe (penaltidan) va Raul Asensio tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Kiritildi: 23:39 11.02.2026. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!