Prezident qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi Nasirov G‘ayrat Farxadovich Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar G‘.Nasirov “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.
Shu kunga qadar Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilxom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda o‘z xizmatini davom ettiradi.