Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Yengil atletika federasiyasi raisi etib saylandi

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Yengil atletika federasiyasi raisi etib saylandi

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov endilikda O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U turli yillarda Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2021 yildan bojxona qo‘mitasiga raislik qilib kelmoqda.

Kiritildi: 13:13 17.02.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!