Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish qoidalarini tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish qoidalarini tushuntirdi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi yangi iPhone 17 modellarini mamlakatga olib kirish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Qoidaga ko‘ra, jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun telefonlarni ma’lum qiymatgacha bojsiz olib o‘tishi mumkin:
➖ samolyot orqali — $1000 gacha;
➖ poyezd yoki kema orqali — $500 gacha;
➖ avtomobil orqali yoki piyoda — $300 gacha.

Masalan, agar siz iPhone 17 Pro Max ($1199) ni samolyotda olib kirsangiz,
$1000 qismi bojsiz, qolgan $199 uchun 30%, ya’ni taxminan $60 to‘lov amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 16:56 06.10.2025. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!