Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklarasiyasini to‘ldirish tartibi belgilandi

A A A
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklarasiyasini to‘ldirish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklarasiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3711, 24.11.2025 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

✅ Yo‘riqnomaga asosan, bojxona qiymati deklarasiyasi elektron shaklda yoki qog‘ozda to‘ldiriladi.

📝 Bojxona qiymati deklarasiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklarasiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklarasiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

📑 Bojxona qiymati deklarasiyasi 2 ta asosiy varaqlardan iborat bo‘ladi:

🔹 deklarasiyalanayotgan barcha tovarlarga taalluqli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 1-varaq;

deklarasiyalanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlar va bojxona qiymati miqdorining hisob-kitoblari ko‘rsatiladigan 2-varaq.

📁 Bojxona qiymati deklarasiyasi taqdim etilgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona qiymati deklarasiyasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.

▶️ Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida deklarasiyalovchi shaxsni darxol xabardor qiladi.

✔️ Kamchiliklar aniqlanmasa bojxona qiymati deklarasiyasini rasmiylashtirish uchun qabul qiladi.

Kiritildi: 21:21 25.11.2025. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!