Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

BMTning keyingi rahbari ayol bo‘lishi mumkinmi? Barchasi Trampga bog‘liq

BMTning keyingi rahbari ayol bo‘lishi mumkinmi? Barchasi Trampga bog‘liq

Guterrishning vakolati yakunlanishi oldidan, BMTda yangi rahbar tanlovi bo‘yicha qizg‘in bahslar boshlandi.

BMT Bosh Assambleyasida G‘azo va Ukrainadagi urushlar kun tartibini belgilab berishi kutilsa-da, Nyu Yorkdagi Tortl-Bey mavzesida asosiy suhbatlar tashkilotning keyingi Bosh kotibi kim bo‘lishi haqida aylanmoqda. Chunki Antoniu Guterrishning vakolati 2026 yil dekabrida yakunlanadi.

Tarixda BMTga yetakchilik qilgan to‘qqiz shaxsning barchasi erkak bo‘lgan. Endi esa ayol nomzod tayinlanishi haqida chaqiriqlar kuchaymoqda. Shu oy qabul qilingan rezolyusiya a’zolarni nomzod ko‘rsatishda ayollarni «jiddiy ko‘rib chiqishga» chorladi. WomanSG va 1 for 8 billion kabi tashabbuslar aynan ayol rahbar tayinlanishi uchun harakat qilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg nashri.

Ehtimoliy nomzodlar orasida Barbados Bosh vaziri Mia Motli, Yangi Zelandiyaning sobiq rahbari Jasinda Ardern, BMTning inson huquqlari bo‘yicha sobiq komissari Mishel Bashele va BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Amina Muxammad tilga olinmoqda.

Biroq asosiy intriga AQSh pozisiyasi bilan bog‘liq. Prezident Donald Tramp o‘z ma’muriyatida ayrim ayollarga yuqori lavozimga bergan bo‘lsa-da, BMTga iliq qaramaydi va AQShning bugungi asosiy moliyaviy donorlik rolini Xitoyga qoldirgan. Shu sabab, Vashington nomzodning jinsidan ko‘ra, uning AQSh manfaatlariga qanchalik mos kelishini ustuvor deb biladi.

Shu nuqtada BMTning yadroviy nazorat agentligi rahbari Rafael Mariano Grossi nomzodi tilga olinmoqda. Uning Eron, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari va DEI siyosati bo‘yicha pozisiyalari Tramp ma’muriyatiga ma’qul kelishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, navbatdagi BMT rahbarining vazifalari nihoyatda mas’uliyatli — dunyoda ikki yirik urushni tartibga solish, mezbon mamlakat bilan munosabatlardagi sinovlar va tashkilotning moliyaviy inqirozini yengish kabi jiddiy masalalar turibdi.

Kiritildi: 14:14 23.09.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!