Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara va ichki ishlar vaziri Anas Xattobni BMTning sanksiya ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Hujjat AQSh tomonidan ishlab chiqilgan.
Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 14 tasi rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi. Xitoy betaraf qoldi.