Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan Amerika loyihasi asosida qabul qilingan rezolyusiya G‘azoda xalqaro barqarorlik kuchlari uchun asos bo‘lib, AQSh prezidenti Donald Tramp raisligida Tinchlik kengashini tashkil etadi.
Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts ovoz berish yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xalqaro kuch xavfsizlikni ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. “Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtiradi, G‘azoni demilitarizasiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, terror infratuzilmasini yo‘q qiladi, qurollarni yo‘q qiladi va Falastin tinch aholisi xavfsizligini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Uolts.