BMT Xavfsizlik Kengashi 11 mart kuni Livandagi vaziyatni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.
BMT vakili Stefan Dyujarrik bu haqda ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning gumanitar ishlar bo‘yicha bosh kotibi o‘rinbosari Tom Fletcher Xavfsizlik Kengashiga hisobot taqdim etadi.
Avvalroq Fransiya so‘nggi bir hafta ichida Isroilning keng ko‘lamli hujumlariga uchragan Livandagi vaziyatning yomonlashishi sababli BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirgan edi.