Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

BMT o‘z hisobotlarini deyarli hech kim o‘qimasligini tan oldi

BMT o‘z hisobotlarini deyarli hech kim o‘qimasligini tan oldi

BMT tomonidan samaradorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirish yo‘llarini izlashga bag‘ishlangan hisobotda tashkilot o‘z hisobotlarini jadayam kam odam o‘qishini tan oldi.

Xalqaro tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda BMT tizimi 240 ta organ ishtirokida 27 mingta yig‘ilish o‘tkazgan, va tashkilot kotibiyati 1100 ta hisobot tayyorlagan, bu 1990 yilga nisbatan 20% ko‘pdir.

"Ko‘plab yig‘ilishlar va hisobotlar butun tizimni va bizni charchatmoqda. Bu hisobotlarning ko‘pini deyarli hech kim o‘qimaydi. Har beshinchi hisobot ming martadan kam yuklab olingan. Qolaversa, yuklab olish o‘qilgan degani emas", — dedi Guterrish.

Kiritildi: 20:55 02.08.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!