Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 16 iyul kuni Sudanga tezlik bilan kirishga chaqirib, zudlik bilan oldini olish zarur bo‘lgan «gumanitar falokat» haqida ogohlantirdi.
JSSTning Sudandagi vakili Shibl Sahbani BMTning Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingida videoaloqa orqali «Sudanga kirish sog‘liq uchun halokatli vaziyatning oldini olishimiz uchun juda muhim», dedi.
«Kuzatilayotgan gumanitar falokatni to‘xtatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish va o‘t ochishni to‘xtatish zarur,» dedi Sahbani, shoshilinch choralar ko‘rilmasa, “Sudanda tez yomonlashayotgan vaziyat nazoratdan chiqib ketishi, ovqatlanmaslik va kasalliklarning nazoratsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin".
Sudan aholisining yarmidan ko‘pi, ya’ni 26 millionga yaqin kishi hozirda qattiq oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda.
27 iyun kuni e’lon qilingan so‘nggi hisobot shuni o‘rsatadiki, 755.000 kishi 5-bosqichdagi - oziq-ovqat tanqisligining eng og‘ir darajasidan aziyat chekmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, mojaro 16 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi va millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, bu esa mamlakatda halokatli gumanitar inqirozni keltirib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Sudan aholisining aksariyati (95%) sunniy islom diniga amal qiladi.