Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT Rossiyadan Ukrainaga qarshi urushni darhol to‘xtatishni talab qildi

BMT Rossiyadan Ukrainaga qarshi urushni darhol to‘xtatishni talab qildi

"Hozirgi paytda Ukrainadagi dahshatli azob-uqubatlarga barham berish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur. Buning uchun xalqaro huquqqa muvofiq barqaror tinchlikka erishish yo‘lida faol harakat qilishga chaqiramiz", – deya bayonot berdi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Liz Trossel Jenevadagi matbuot anjumanida.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, birgina shu oyning o‘zida Ukrainada kamida 139 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 791 kishi jarohat olgan. Shu bilan birga, BMT qurbonlarning haqiqiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

BMTning darhol o‘t ochishni to‘xtatish talabi AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga Ukraina bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun 50 kunlik muhlat berganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi.

Kiritildi: 22:15 15.07.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!