BMT AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqotini olqishladi.
Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
"Biz barcha dunyo yetakchilari, ayniqsa, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarni olqishlaymiz", — dedi u.
Avvalroq Tramp Putin bilan bir soatu 15 daqiqa davom etgan telefon muloqoti bo‘lganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiya-Ukraina mojarosi, shuningdek, Eron yadro dasturini muhokama qilgan.