Aniqlik kiritilishicha, islohot BMTning o‘nlab agentliklarini to‘rtta asosiy departament - "tinchlik va xavfsizlik," "gumanitar masalalar," "barqaror rivojlanish" va "inson huquqlari"ga birlashtirishni nazarda tutadi.
Aniq chora-tadbirlar orasida Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP), YUNISEF, JSST va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) ning operasion tuzilmalarini yagona gumanitar organga birlashtirish ham bor. Islohot, shuningdek, bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish va shtatlarni optimallashtirishni, jumladan, xodimlarning bir qismini Jeneva va Nyu-Yorkdan kamroq xarajatlar bilan shaharlarga o‘tkazishni nazarda tutadi.