BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotning G‘azo sektoridagi ishtirokini qisqartirishga qaror qilgan.
Bu qadamga mintaqada Isroil hujumlarining kuchayishi sabab bo‘ldi.
Qarorga ko‘ra, BMTning G‘azodagi xodimlari soni qisqartiriladi. Hozirda u yerda 100 nafar vakil ishlamoqda va ularning uchdan bir qismi hududni tark etadi.