Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi G‘azo sektoridagi qurolli mojaro bolalarga nisbatan aql bovar qilmaydigan darajada shafqatsizlikni ko‘rsatganini, besh hafta ichida halok bo‘lgan voyaga yetmaganlar soni 4,6 mingdan oshganini ma’lum qildi.
“Faqat besh hafta ichida G‘azoda 4600 dan ortiq bola halok bo‘ldi. Bu urush qisqa vaqt ichida va biz so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘rmagan shafqasizlik darajasida ko‘proq bolalarning hayotiga zomin bo‘ldi”, — deya hujjatdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.