Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BMT: G‘azoda 50 ming homilador va emizikli ayol bir necha kundan buyon ovqatsiz qolgan

BMT: G‘azoda 50 ming homilador va emizikli ayol bir necha kundan buyon ovqatsiz qolgan

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) ma’lum qilishicha, G‘aza sektorida taxminan 50 ming homilador va emizikli ayol bir necha kundan beri ovqatga yetib bormay, juda og‘ir sharoitda yashamoqda.

YUNFPAning Arab davlatlari bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi bayonotida aytilishicha, ayollar, ona va chaqaloqlar hayoti xavf ostida.

“50 ming homilador va emizikli ayol oxirgi kunlarda hech qanday ozuqa qabul qilmagan. Chaqaloqlar vaqtidan ilgar yoki kam vaznda tug‘ilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Bayonotda onalarning kamqonligi va quvvatsizligi bilan bog‘liq holat juda jiddiy ekani ta’kidlanib, bolalar uchun oziq-ovqat qo‘shimchalari (sut aralashmalari) zaxirasi ham tugagani ma’lum qilindi.

“G‘azodagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki hayotdan ko‘z yummoqda, yoki butun umr davom etadigan sog‘liq muammolariga duch kelmoqda. Buning oldini olish mumkin — insonparvar yordam kirishiga yo‘l oching”, — deya chaqiriq qildi YUNFPA.

Mazkur bayonot G‘azodagi blokada va izolyasiyaning ona va bolalar sog‘lig‘iga salohiyatli ta’sirini yana bir bor ochiqlashdi.

Kiritildi: 17:23 09.07.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!