Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

BMT: G‘azoda 1 millionga yaqin odamning qishki boshpanasi yo‘q

A A A
BMT: G‘azoda 1 millionga yaqin odamning qishki boshpanasi yo‘q

G‘azo sektorining kamida 1 million aholisi qishki sovuq havodan himoyalanish uchun yetarlicha boshpanaga ega emas. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida aytiladi.

"G‘azo sektorida uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning to‘rtdan bir qismidan kamrog‘i qondirilib, qish yaqinlashganda 1 millionga yaqin odam og‘ir ob-havo sharoitlariga duchor bo‘lish xavfi ostida qolmoqda", — deyiladi hujjatda.

Xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, yana 545 ming kishi shikastlangan binolar va vaqtinchalik boshpanalarda istiqomat qiladi. Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, Falastin anklaviga brezent va boshqa qurilish materiallari yetkazib berilishi kerak.

Kiritildi: 11:25 30.11.2024. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!